So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

11 iyu 11:43
Yangiliklar

Kurash

Muhsin Hisomiddinov yana bir bora tengsizligini isbotladi

Buxoroda Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro turnir yakunlandi

8-10 iyun kunlari azim Buxoroda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi. 

Unda Evropa,Osiyo hamda Afrikaning 20ga yaqin davlatidan jami 135 nafar (shundan 95tasi xorijlik) polvon g'oliblik uchun gilamga tushishdi. Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o'rtasida 73, 81 hamda 100 kilodan yuqori, ayollar orasida esa 63 va 78 kg.gacha bo'lgan vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi. 

Dastlab ayollar o'rtasida 63 kilogacha bo'lgan vazn toifasida g'oliblar aniqlandi. Bu vazndagi kurashchi qizlar orasida hamyurtimiz SHahnoza Bozorovaning imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Va yakunda shunday bo'ldi ham. Navoiy viloyati vakili bo'lgan O'zbekiston chempioni buxorodagi nufuzli xalqaro turnirda ham o'zining mahoratini namoyish etdi va bu bilan o'zi uchun xalqaro arenalarga yo'l ochdi. Finalda Bozorova hindistonlik Suhanobonu SHayx ustidan sof g'alabaga erishdi va 3 ming AQSH dollarini qo'lga kiritdi. Ushbu vazn toifasida 3-o'rinni hamyurtimiz Zarnigor Odilova hamda Xitoy Taypeyi vakilasi CHia Lin Liular qo'lga kiritdi. 

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan navbatdagi 78 kilogacha bo'lgan vazn toifasida ham bosh sovrin hamyurtimizga nasib etdi. Farg'onalik Pokizaxon Kamoliddinova finalda qozoq sportchisi Mereke Ayalani mag'lub etdi. Bu vaznda shohsupaning uchinchi pog'onasidan yana bir vakilimiz Sadoqat To'raeva hamda Xitoy taypeyilik CHia Jing Kao joy oldi. 

Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlar o'ta murosasiz kechdi. 73 kilogacha bo'lgan vazndagi polvonlar o'rtasida g'oliblikka davogarlar ko'pchilikni tashkil etardi. Ammo ular orasida musobaqada Toshkent shahri nomidan ishtirok etgan O'rol Sodiqov barchadan yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega ekanini isbotladi. Finalda O'rol polvonga turkmanistonlik Muhammad Temirov raqib bo'ldi. Murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz raqibi ustidan sof g'alabaga erishdi. Bu vazn toifasida 3-o'ringa hamyurtimiz Maruf G'aybullaev hamda tojikistonlik Zarafshon Temirovlar sazovor bo'ldi. 

Vazni 81 kilogacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi bellashuvlar ham muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi. Negaki ushbu vaznda ham bir-biriga munosib raqiblar jamlangan edi. Ammo ular orasida hamyurtimiz Sarvar SHomurodovga munosib raqib topilmadi. Hal qiluvchi final bahsida Sarvar eronlik Omid Taztakka hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ushbu vazn toifasida faxrli 3-o'rinni Tojikiston vakili Haqnazar Nazarov hamda Buxoro farzandi Madiyor Erkinovlar qo'lga kiritdi. 

Muxlislar katta qiziqish va hayajon bilan kutgan eng og'ir vazndagi polvonlar orasida kechgan bellashuvlarda avval boshdanoq bosh sovringa Osiyo va jahon chempioni, Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlari g'olibi surxondaryolik Muhsin Hisomiddinov asosiy davogar ekanligi malum edi. Unga eronlik Axan Faroush jiddiy raqobat taqdim etishi kutilayotgan bir pallada u yarim finalda Tojikiston vakili Dadaxon Qurbonalievga yutqazib qo'ydi. Natijada fors yurti vakili uyiga 1000 AQSH dollari bilan qaytadigan bo'ldi. Ikkinchi yarim final juftligida Muhsin xorazmlik Boltaboy Boltaevdan ustun keldi. 

Hal qiluvchi final bellashuvida M.Hisomiddinovga kutilmaganda tojik kurashchisi jiddiy raqobat taqdim etdi. Faqat kichik ustunlik, yani raqibi sust harakat qilgani uchun berilgan tanbeh bahosi Muhsinga musobaqa g'olibligini taqdim etdi. 

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar mos ravishda 3000, 2000 hamda 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

  photo5474338652780866335.jpg

 

photo5474251160002079460.jpg

 

photo5474251160002079461.jpg

 

photo5474251160002079462.jpg

 

photo5474251160002079465.jpg

 

photo5474251160002079469.jpg

 

photo5474562257368230698.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing