07 mar 15:32
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Mujibillo Tursunov ham WBC Gran-Prisida qatnashadi
Avvalroq Abdumalik Xalokov WBC tomonidan tashkil etiladigan "Riyadh Season" Gran-Prisida qatnashishi haqida xabar qilingandi. 
			Malum bo'lishicha, yana bir istedodli bokschimiz Mujibillo Tursunov ham mazkur Gran-Prida ishtirok etadi.
Malumot uchun, Musobaqa doirasida to'rtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi qatnashadi. Turnir yarim engil, birinchi yarim o'rta, o'rta va superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat bo'ladi. Final janglari esa 8 raundlik bo'ladi.
Janglarda 26 yoshdan kichik bo'lgan bokschilar qatnashadi. Ular prof boksda 15 tadan ko'p jangda qatnashmagan bo'lishi kerak. Bokschilar WADA protokoli bo'yicha tasodifiy doping testidan o'tkaziladi.


            Havola            :         
                    Manba                : WBC
             
			
Fikrlar