01 may 14:22
Yangiliklar
Mujibillo Tursunov qancha vazn tashlaganini malum qildi
Terma jamoamizning jahon chempionatidagi yurishini -60 kg vazn toifasida o'zini sinab ko'radigan Mujibillo Tursunov boshlab beradi. CHarm qo'lqop ustamiz jang oldidan qancha vazn tashlagani haqida gapirdi.
"Terma jamoamizning ishtirokini chiroyli g'alaba bilan boshlab beramiz, In SHa Alloh. To'g'ri, birinchi bo'lish masuliyat yuklaydi. Lekin hozircha bosimni his qilmayapman. CHunki arenaga hali bormadim.
Yangi vazn jismoniy imkoniyatlarimga tasir o'tkazmaydimi? Hozircha barchasi yaxshi. Hamma narsaning iloji bor. Allohga tavakkal qildik. Yashirmayman, bu safar juda ko'p - 72 kgdan boshlab vazn tashladim, yani taxminan 12 kg. Alloh o'zi yordam berdi, shunisiga shukur. Bizga raqibning kimligi muhim emas. Hammasiga tayyormiz", - dedi Mujibillo Olamsport.com'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tursunov bugun hindistonlik V.Singh Varinderga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar