20 dek 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisi finalida jang qiladi
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisiga yakun yasaladi.
Bugun ushbu turnirning super engil vazn divizioni finalida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ringga ko'tariladi. CHarm qo'lqop ustamizga Kolumbiya vakili Karlos Utria raqiblik qiladi.
Turnirning Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Mujibillo Tursunov oktyabr oyida bo'lib o'tgan final chiptasi yo'lidagi jangda ukrainalik Danilo Lozanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar