09 jan 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy MakGregorni MMAda jang qilishini istamoqda
UFC chempioni Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana sportchining mashg'ulotlarga qaytgani haqida gapirdi.
"Konor doimiy mashg'ulotlarni boshladi. Uning hayotida janglar bilan bog'liq bo'lmagan bir qancha muhim lahzalar bo'ldi. U barchasini hal qildi va endilikda muntazam mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
Men u navbatdagi jangini MMAda o'tkazishini istayman. Boks ham qiziq bo'lgandi. Lekin, menga qolsa u aralash qoidalar jangini o'tkazgani yaxshi. Agar unga tasir ko'rsata olsam, Konorning navbatdagi jangi oktagonda bo'ladi", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar