19 jan 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy SHara Bulletning qachon UFC’ga qaytishini aytdi
UFC’ning o'rta vazn toifasidagi jangchisi SHara Bullet kasallikdan to'liq tiklanganidan so'ng - aprel-may oylarida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda uning murabbiyi Gor Azizyan malum qildi.
"Hammasi yaxshi, rivojlanyapti. SHara kasal bo'lgan edi, hozir sog'aydi. Doimiy ravishda mashg'ulotlarga qatnashyapti, top jangchilar bilan, MMA’dagi yo'lini boshlagan yigitlar bilan sparring qilyapti. SHara kurashga ham qatnashyapti, professional tarzda yondashmoqda. Magomed Ramazondan keyin UFC qafasiga qaytishni niyat qilgan. Mart oyida Valter Uoker Marchin Tibura bilan jang qiladi, Bogdan Guskov o'z jangini o'tkazadi. SHarabutdin esa aprel yoki may oyida jang qiladi", — dedi Azizyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar