04 mar 11:30
Yangiliklar

Muradov MRL'3 turniri chiptalar sotuvidan tushgan mablag'ni xayriya qildi + FOTO
Ushbu turnirning chiptalar sotuvidan tushgan mablag' Angren shahar 34-sonli tayanch harakat azolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga xayriya qilindi. Bu haqida Mahmud Muradov Instagram sahifasiga post joylab, malum qildi. Angren shahriga Muradov bilan birgalikda kechada jang qilgan jangchilarimiz ham borishgan.
"Bugun biz bolalarni xursand qilish maqsadida Angren shahriga keldik. Muradov Professional League turnirining chiptalar sotuvidan tushgan mablag'ga bolalar uchun sovg'alar va kerakli jihozlarni xarid qildik. Biz muhtojlarga yordam berishdan juda xursandmiz va eng muhimi, turnirimizda ishtirok etganlarning har biri ushbu xayriya ishtirokchisiga aylandi. Bugun bolalar siz sababli baxtiyor. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat", - deya post qoldirgan Muradov.
Fikrlar