08 apr 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Murata Golovkinga qarshi jang sport uchun qanday ahamiyatga egaligi malum qildi
Yaponiyalik bokschi Riota Murata o'rta vazn toifasida IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha amaldagi jahon chempioni, qozog'istonlik Gennadiy Golovkin bilan bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Uzoq tanaffusdan so'ng qo'llab-quvvatlagan ko'plab muxlislarimdan minnatdorman. Arenaga tomoshabinlar to'planishi juda muhim. Bu Yaponiya boksi uchun katta ahamiyatga ega. Umid qilamanki bu jang pandemiyaning og'ir davridan keyin sport va madaniyatning qaytarishiga katta turtki bo'ladi", — deya Murataning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Murata o'rtasidagi jang 9 aprel kuni Saytamada (Yaponiya) bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar