So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

01 may 15:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raev ofisiga bostirib borgan "qora maskalilar" hujum sababini aytishdi

Teglar :  Murod Xonto'raevMMA
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Murod Xonto'raev ofisiga bostirib borgan "qora maskalilar"ning hujum sababi aytildi.

"Jahon.uz"ning ishonchli manbasi dastlabki tergov organi tomonidan to'plangan hujjatlar asosida, 2018 yil 25 noyabr kuni, S.Akbarov xavfli recidivist bo'la turib, o'zining tanishlari I.Abdulahatov, T.Azizov va tergov davrida shaxsini aniqlash imkoni bo'lmagan nomalum shaxslar bilan bezorilik jinoyatini sodir etish maqsadida, o'zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2018 yil 20 iyun kuni Xonto'raev Murod Maxamadusmonovich tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasida joylashgan “AURUM 898” tungi klubi yonida Teshabaev Furqat To'lqin o'g'lini urib-do'pposlab tan jarohatini etkazganligi sababli, undan o'ch olish maqsadini ko'zlab jinoyat sodir etish rejasini tuzishgan.

Rejaga asosan, S.Akbarov va I.Abdulahatovlar “CHor-Su” bozoridan 10 juft qora rangli maxsus kiyim, etik va niqoblarni xarid qilib, 2018 yil 26 noyabr kuni tuzilgan jinoiy guruh azolariga Olmazor tumani, Nurafshon ko'chasi, “Diydor” choyxonasi yonida maxsus kiyimlarni berib, guruh azolari tomonidan ushbu kiyimlar kiyilib, go'yoki o'zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridek ko'rsatish maqsadida, o'zlarida bo'lgan bir dona pnevmatik pistolet, bir dona pichoq, ikki dona armatura bo'lagi, ikki dona plastmass truba bo'lagi, to'rt dona o'yinchoq avtomat va ikki dona raciyalar bilan qurollanishib, tuzilgan jinoiy rejaga asosan, jinoiy guruh azolari davlat raqam belgisi 01 N 717 VA bo'lgan oq rangli “Kobalt” va raqamsiz qora rangli “Jentra” avtomashinalariga o'tirishgan.

So'ng, S.Akbarov tanishi E.Kasimov bilan Olmazor tumani, Nurafshon ko'chasida joylashgan “Diydor” choyxonasi yonida ko'rishib, unga M.Xonto'raevni qaerda ekanligini aniqlab berish haqida vazifani berib, E.K. tomonidan M.Xonto'raev Toshkent shahar, SHayxontohur tumanida joylashgan “Pablo” kafesi yonidagi ofisga kelganligi haqida malumotga ega bo'lib, ushbu malumotni telefon orqali S.Akbarovga etkazgan va u o'z o'rnida jinoiy guruh azolarini rejaga muvofiq mazkur ofisga boshlab kelib, ushbu erda jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu erdagi bilyard xonada bo'lgan M.Xonto'raev, Saidov Ikrom Erkinovich va Zununov Salohiddin Faxriddinovichlarni urib-do'pposlashib, qo'llarida bo'lgan kishining sog'ligi uchun amalda shikast etkazishi mumkin bo'lgan pichoq, plastmass truba va temir armatura bo'laklarini namoyish qilib, qo'llab, M.Xonto'raev, I.Saidov va S.Zununovlarga tan jarohati etkazishganligi aniqlangan.

Olingan tan jarohatlari bilan M.Xonto'raev 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga “o'ng oyoq son yuqori qismi, o'ng dumba sanchib kesilgan jami 9 ta jarohat, ikkala kurak sohasi shilinib yirtilgan jarohati” tashxisi bilan yotqizilgan.

Olingan tan jarohatlari bilan I.Saidov RSHTYOIMga “bosh miya yopiq jarohati, bosh tepa sohasi ezilib yirtilgan jarohati, o'ng quloq ezilib yirtilgan jarohati, o'ng bilak to'qimalarini lat egan jarohati” tashhisi bilan yotqizilgan.

Tergovchining 01.12.2018 yildagi qaroriga ko'ra, S.Akbarovga O'zbekiston Respublikasi JK 277-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari bilan ayb elon qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing