16 mar 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Murod Xonto'raev qaytmoqda, u qachon jang qilmoqchi ekanligini aytdi
O'zbekistonlik MMAchi Murod Xonto'raev www.olamsport.com saytiga bergan intervyusida navbatdagi jangini qachon va qaerda o'tkazishini aytdi.
"Nasib qilsa ro'za oyidan so'ng jang qilaman. Yozda Sochi shahrida katta turnir tashkil etiladi. Ushbu S-70 turniri bir yilda bir marotaba o'tkaziladi. Turnirda 2012 yilda ishtirok etganman va g'olib bo'lgandim. Bu MMA yo'nalishida nufuzli musobaqa hisoblanadi. O'sha turnirda qatnashganimga 8 yil bo'ldi. SHu vaqtdan buyon Markaziy Osiyodan har yili ishtirokchilar qatnashsada, xech kim g'alaba qozona olmadi. Xudo xohlasa mashg'ulotlarda yaxshi qatnashib, yana g'alaba qozonishni niyat qilganman", - dedi Xonto'raev.
Intervyuni tomosha qiling
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar