29 okt 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Murod Xonto'raev raqibini soniyalar ichida nokaut qildi + VIDEO
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Murod Xonto'raev kecha navbatdagi jangini o'tkazdi.
"WEF42" turniri doirasida bo'lib o'tgan jangda Xonto'raevga ukrainalik Igor Zadinavskiy raqiblik qildi.
Qirg'izistonda tashkil etilgan jangda sportchimiz raqibini birinchi raunddayoq kuchli zarbalar evaziga muvozanatdan chiqara boshladi. Jangning 20-soniyasidan so'ng hakamlar to'qnashuvni to'xtatdilar va yakunda Murod texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar