So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

13 avg 18:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raevga tan jarohati etkazgan qora niqoblilar jazoga tortildi

Teglar :  Murod Xonto'raevMMA
Jinoyat ishi bo'yicha sud-tergovi davom etadi,

O'zbekiston Respublikasi Oliy sud matbuot xizmati vakili Aziz Obidovning «7news»ga malum qilishcha, Jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudida sudlanuvchilar S. Akbarov (1990 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan), I. Abdulahatov (1991 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan), S. Fatxullaev (1991 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan), O. Sadikov (1985 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlangan), J. Saynazarov (1988 yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan, muqaddam sudlanmagan), S. Vadenov (1992 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlangan) va T. Azizov (1992 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha sud jarayoni nihoyasiga etgan va sud hukmi elon qilingan.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashev raisligida hamda xalq maslahatchilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida ko'rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to'liq o'rganib, sudlanuvchilarni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) 2-qismi “e”, “k” bandlarida ko'zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

Sudlanuvchilar yuqorida qayd etilgan jinoyatni 2018 yil 26 noyabr kuni Toshkent shahri SHayxontohur tumanida joylashgan “Toshkent savdo markazi” majmuasi binosining birinchi qavatidagi “PABLO” kafesi yonidagi ofisning ichida fuqarolar M. Xonto'raev, S. Zunnunov va I. Saidovga nisbatan sodir etishgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudi S. Akbarovga 6 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, I. Abdulahatovga 6 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, S. Fatxullaevga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, O. Sadykovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, T. Azizovga 6 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, J. Saynazarovga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va S. Vadenovga 6 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudiga sudlanuvchilar tomonidan chiqarilgan hukmga nisbatan berilgan apellyaciya shikoyati qanoatlantirilmasdan va hukm o'zgarishsiz qoldirildi.

2019 yil 22 avgust kuni jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudida sudlanuvchilar A. Nazarov (1992 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlanmagan), D. Qayumov (1991 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlanmagan) va S. Ortiqov (1992 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu sudlanuvchilarga yuqorida ko'rsatilgan sudlanganlar bilan bir guruhda bo'lganliklari haqida ayb elon qilingan.

A. Nazarov, D. Qayumov va S. Ortiqov qidiruvda bo'lganliklari va endi ushlanganliklari sababli ularga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi alohida ko'rib chiqiladi.

Mazkur jinoiy ishni ko'rib chiqish bo'yicha sudda jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudi sudyasi Abdulla Abdulxaev raislik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing