24 iyu 14:31
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev bo'lajak chempionlik jangidan qancha gonorar oladi?
Bo'lajak jangda charm qo'lqop ustamizga birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Deniel Roman raqiblik qiladi. WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Ahmadaliev Romanning WBA kamariga rasmiy davogar hisoblanadi.
WBA tashkiloti 2 iyul kuni har ikki bokschining promouterlari o'rtasida jang huquqiga egalik qilish bo'yicha savdo o'tkazadi. Savdo tomonlarning taklif qiladigan minimal - 120 000 AQSH dollari miqdoridagi gonorar summasidan boshlanadi. CHempion umumiy summadan 75 foiz gonorarga egalik qiladi. Ahmadaliev esa 25 foiz gonorarga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Deniel Roman so'nggi jangida IBF chempioni Terens Jon Doxeniga qarshi ringga ko'tarilib, chempion raqibini mag'lubiyatga uchratgan hamda kamarlarini birlashtirib olgan edi.
Fikrlar