05 fev 17:03
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev chempionlik jangida ringga ko'tarilishi mumkin
Malum bo'lishicha, Murodjon Ahmadaliev va mazkur yo'nalish bo'yicha chempion, amerikalik Daniel Roman (26 ta g'alaba, 2 ta durang, 1 ta mag'lubiyat) promouterlari jangni tashkil qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
«Roman bilan bo'lajak jang muzokaralari qanday tus oladi, hozircha biror narsa deya olmayman. Masalan Roman jangni boshqa muddatga kechiktirish uchun, boshqa jangni tanlashi mumkin, yoki boshqa yo'nalish chempionlari bilan kamarlarni birlashtiruvchi jang o'tkazishni istab qolishi mumkin.
Ammo, biz aynan mana shu yilda Murodjon chempionlik jangi uchun ringga chiqishiga umid qilmoqdamiz. Muzokaralar davom etyapti. Malum sabablar bilan bu jang kechikishi mumkin. Lekin, eng asosiy maqsadimiz — shu yil Murodjonning chempionlik uchun jang qilishi», — deydi «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi menejeri Vadim Kornilov.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi sanaladi. U so'nggi marta 2018 yil 24 noyabr sanasida Ayzek Sarateni (16 ta g'alaba, 4 ta durang, 3 ta mag'lubiyat) 9-raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. SHu jangdan so'ng u reytingda birinchi o'ringa ko'tarilib olgan.
Fikrlar