22 iyu 11:05
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: Daniel men uchun qulay raqib
Biz charm qo'lqop ustamiz bilan bog'lanib, undan avgust yoki sentyabr oyiga mo'ljallanayotgan chempionlik jangi haqida intervyu oldik.
"Daniel kuchli raqib va bejizga jahon chempioni bo'lmagan. Lekin boshqa tomondan u men uchun qulay raqib, yani chapaqay bokschi emas. Oxirgi jangim Roman jang o'tkazgan oqshom doirasida bo'lib o'tdi. O'sha jangda raqibimning harakatlarini kuzatib bordim.
Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Promouter va menejerlarim jangni tashkil qilish va o'tkazish masalasi bilan shug'ullanishyapti. Ushbu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib, O'zbekistonga to'laqonli WBA chempionlik kamarini olib kelish uchun harakat qilaman. Maqsadim - AQSH zaminida jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik bokschi bo'lish!", - dedi Ahmadaliev.
Fikrlar