So’nggi yangiliklar

10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0 09:39"Реал" Вальверде ва Тчуамени ўртасидаги жанжал бўйича баёнот берди 0 09:18Топурия Иан Гаррининг Махачевга қарши имкониятларини баҳолади 0 08:39Мария Тимофеева Истанбулда чорак финалга йўл олди 0 08:13Дональд Трамп Хабиб Нурмагомедовни мақтади 0 07:30ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 19:10Дастин Порье қайси жанг учун октагонга қайтиши мумкинлигини айтди 0 18:4830 миллиондан ошиқ киши Мбаппе "Реал"ни тарк этиши кераклиги ҳақидаги петицияга имзо чекди 0 18:26Бакли Махачевнинг дивизиондаги ютуқларини шубҳа остига олди 0 18:02Илия Топурия: "Энди қўрқмайман!" 0 17:39Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа соф олтиндан ясалган камар учун жанг қилади 0 17:17МЮнинг кейинги мавсумдаги мураббийи ким бўлиши аниқми? 0 16:52Махачев энг қизиқарли рақибни эълон қилди 0

09 iyu 15:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev: "O'z vaznimdagi eng kuchlilar bilan jang qilishga tayyorman"

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari sobiq chempioni, o'zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliev bo'lajak jangi, hozirgi jismoniy holati haqida so'z yuritdi.

SHuningdek, Murodjon bo'lajak raqibi bo'lishi kutilayotgan yaponiyalik Naoya Inouega ham murojaat qildi.

"Sen endigina "Yilning eng yaxshi bokschisi" unvonini qo'lga kiritding. Vazn toifasidan qatiy nazar sen dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri hisoblanasan. SHu holatda sen bu chaqiruvdan qochyapsanmi? Bu absurd.

Jamoam meni barchasidan xabardor qilib turadi. Agar Inoue chempionlikdan voz kechsa, boshqasi bilan jang qilaman. Bu borada men uchun hech qanday yangilik yo'q. Lekin nomim chiqmagan desam... Men tarixdagi barchadan tezroq ikki yo'nalishda Jahon chempioni bo'ldim (sakkizinchi jangda). Etakchi telekanallarda jang qildim. Men formadaman va har qanday raqibga qarshi kurashishga tayyorman. Ustuvorliklarimga kelsak, ular oddiy – barcha unvonlarni qo'lga kiritish va eng kuchli raqiblar bilan to'qnash kelish. Kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Men har qanday jangga ochiqman. O'z vaznimdagi eng kuchlilar bilan jang qilishga tayyorman", dedi Ahmadaliev.

Avvalroq, WBA tashkiloti chempion Naoya Inoue hamda majburiy davogar Murodjon Ahmadaliev jangiga rasman buyruq bergan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing