27 apr 04:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev raqibini nokautga uchratdi
WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan professional bokschimiz Murodjon “Kaka” Ahmadaliev faoliyatidagi oltinchi jangini o'tkazdi.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan yurtdoshimiz hozirgina AQSHning Los-Anjeles shahrida meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko'tarildi. Jerri Kantu hakamlik qilgan jangda to'liq ustunlikka erishgan Ahmadaliev raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.
Malumot uchun, 28 yoshli Karlson prof boksda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 29 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan. O'n to'rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bugun oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uchinchi jangida nokaut bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar