04 dek 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev reytingda birinchi o'ringa chiqib oldi
Kuni kecha professional bokschilarning yangi reytingi elon qilindi.
Unga ko'ra, ikkinchi engil vazn toifasi (55,3 kg) da o'z janglarini o'tkazayotgan Murodjon Ahmadaliev noyabr oyida o'tkazgan jangidan so'ng reytingning birinchi pog'onasiga joylashgan. Eslatib o'tamiz, u 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan. U o'sha jangida o'zining WBA Intercontinental kamarini himoya qilgandi.
Malumot uchun, ayni paytda WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Roman hisoblanadi. Ahmadaliev birinchi o'ringa chiqib olish orqali, oltin kamar uchun asosiy davogarlardan biriga aylanib oldi.
Havola :
Fikrlar