25 noy 08:46
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev WBA kamarining himoya jangini o'tkazdi
AQSHning Atlantik Siti shahrida o'tkazilgan jangda hamyurtimiz amerikalik Isaak Zaratega qarshi ringga ko'tarildi. Ahmadaliev 10 raundga mo'ljallangan jangda o'ziga tegishli bo'lgan WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qildi. Bokschimiz jangni faol o'tkazdi va to'qqizinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Ahmadaliev professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda besh marotaba ringga chiqqan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining to'rttasini u nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Amerikalik 27 yoshli Zarate esa 23 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana 4 ta bahsda mag'lubiyatga uchragan.
Fikrlar