05 sen 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Yaponiya ko'chalarida o'zbeklarni ko'rib qolib, ularga murojaat qildi + VIDEO
Professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi charm qo'lqop ustamiz Murodjon Ahmadalievning faoliyatidagi eng muhim jangiga 9 kun qoldi.
Hamyurtimiz 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan IG Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomining markaziy jangida mezbon yurt vakili, mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
Hozirda mashg'ulotlarni Yaponiyada olib borayotgan Ahmadaliev kunchiqar yurtdagi ko'chalarning birida ikki hamyurtimiz bilan ko'rishib qolgani va ulardan duo qilishlarini so'ragani aks etgan videolavha tarqaldi.
Havola :
Manba : t.me/uzeksport
Fikrlar