So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

18 apr 08:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning jang sanasi o'zgardi, u SHahram bilan bir oqshomda ringga chiqadi

Teglar :  BoksAhmadalievAQSH
WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan professional bokschimiz Murodjon “Kaka” Ahmadalievning jang sanasi o'zgardi.

Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan yurtdoshimiz 26 aprel (Toshkentda 27 aprel tong sahar) kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi “Forum” arenasida meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko'tariladi. Aslida bu jang avval elon qilinganidek, 19 aprel (Toshkentda 20 aprel tong sahar) o'tkazilishi kerak edi. 

“Sportda har qanday kutilmagan holatlar bo'lib turadi. SHu jumladan mening jangim sanasida ham o'zgarish bo'ldi. Endi avval belgilangan kundan bir hafta o'tib ringga chiqaman. Lekin raqib o'zgargani yo'q. Kutilmagan va menga bog'liq bo'lmagan o'zgarishlar uchun barchadan uzr so'rayman”, - dedi Ahmadaliev.

Etiborga molik jihati shundaki, Murodjon Ahmadaliev SHahram G'iyosov bilan bir boks oqshomida ringga chiqadi. Ettita jangning barchasida g'alaba qozongan G'iyosov shu kuni Emmanuel Teylorga qarshi jang o'tkazadi. 

Malumot uchun, 28 yoshli Karlson prof boksda 28 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 23tasida g'alaba qozongan. O'n to'rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Ikkita jangda nokaut bo'lgan. So'nggi 5 ta jangidan 4 tasida yutqazgan.

Reyting:    

Fikrlar

   
18 apr 08:34:11
Dilshot Solihov
Bu juda yaxshi o'zgarish 20 aprelda o'tkazilganda aniq translatsiya bo'masdi muni Murotjonni o'zixam takitladi yaxshi 27 apelga ko'chirishibdi endi katta extimol bilan sport tv live qisa kerak bu ikki xamyurtimizni janglarini ! Nasib qilsa usha kuni bo'ks bayrami Bankokdagi finalllardan oldin bu ikki xamyurtimizni jangini jonli ko'rsak zo'r bo'lardi!
   
18 apr 08:10:24
Jalol Axmedov
Bu jang 100% translatsiyani ilojini topish kk 2 hamyurtimiz va Axmadaliyevni kamar uchun jangidagi bolajak raqibi aniq boladigan ota muhim janglar. Bir emas bir nechta kanal translaysiya qisa arzidi buni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing