01 may 17:57
Yangiliklar

Murodjon Ahmadalievning kimga qarshi jang qilishi 90 kun ichida aniq bo'ladi
"Xalqimizga, muxlislarimizga jang haqida to'liq malumot berolmadim. Bu sport, bazida jang bo'ladi, bazida esa qoldiriladi. Barchasi tezda sodir bo'ldi. SHunday bo'lsada, g'alaba qozonishga erishdim. Raqibim kuchli va tajribali bokschi hisoblanardi. U bir necha marta chempionlar bilan ham jang qilgan. Maqsad yo'lida biz jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, murabbiylarim bilan uchrashuvga o'ziga hos taktikalar ishlab chiqdik. Keyingi jangim jahon chempioniga qarshi bo'lishi kerak. Qaysi chempion bilan jang qilishim to'qson kunda malum bo'ladi. Nasib qilsa, keyingi jangimda jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritaman", - dedi Murodjon Ahmadaliev.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 27 aprel kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Fikrlar