26 apr 08:37
Yangiliklar

Mustaqil O'zbekistonga Jahon chempionatining ilk medalini kim taqdim etgan?
Oilaviy muhit tasirida, otasi, Olot dzyudo maktabi asoschisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Rustam To'raevning izidan borib dzyudo sport turini tanlagan Farhod To'raev 1999 yili Angliyaning Birmengem shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan. Bu bilan kichik To'raev jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan birinchi o'zbek dzyudochisi sifatida tarixga kirgan.
Malumot uchun, xalqaro toifadagi sport ustasi Farhod To'raev 1997 yili Filippinda o'tgan Osiyo chempionatining kumush, ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalar, "Katta Dubulg'a", Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarda g'olib va sovrindori bo'lgan. Jonkuyar murabbiy ko'plab nomdor sportchilarning ustozi hisoblanadi. Istedodlarni tayyorlash jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.
Fikrlar