So’nggi yangiliklar

17:00Жавоҳир Синдаров Жаҳон кубоги ғолиблиги орқали қанча пул ишлаб олди? 0 16:53Асадхўжа Мўйдинхўжаев ва Жавоҳир Умматалиев проф боксдаги дебют жангларини бир оқшомда ўтказишади, рақиблар ҳам маълум 0 16:25Жавоҳир Синдаров - Жаҳон кубоги ғолиби! 0 16:05Супер даражадаги футболчилар билан ишлаш қийинми? Хаби Алонсо жавоб берди 0 15:41Топурия январда жанг қилишни режалаштирмаяпти 0 15:14Промоутер Энтони Жошуа — Жейк Пол жангида вазн бўйича чеклов бўлиши ҳақида гапирди 0 14:40"Фақат фактлар". Раҳмонов Иэн Гарри Махачевга навбатдаги рақиб бўлиши керак эмаслигини айтди 0 14:17Илк бор Суперлига баҳсини аёл ҳакамлар жамоаси бошқаради 0 13:54Россиялик шахматчи Андрей Есипенко Якуббоев билан ўйин олдидан нималар қилганини айтди 0 13:30Собиқ чемпион ва эксперт Илия Топуриянинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 13:07Ислам Махачев кейинги жангини Оқ уйда ўтказиш истагини билдирди 0 12:40Эрон жамоаси Суперлиганинг энг яхши футболчиларидан бирини сотиб олиши мумкин 0 12:14Шавкат Раҳмонов: "Ислам қулай рақиб билан жанг қилишни хоҳлайди, мен эса у учун энг ноқулай рақибман" 0 11:46Оғир атлетикачиларимиз Фажр кубогида қатнашади 0 11:19Шоҳжаҳон Эргашев рингга қайтяпти. Унинг кейинги рақиби ва жанг санаси маълум (ПОСТЕР) 0

15 may 16:12
Yangiliklar

Kurash

Mutlaq vazn g'oliblari “Nexia-3” avtomobillariga ega bo'lishdi FOTOGALEREYA

13-14 may kunlari Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida kurash va belbog'li kurash bo'yicha yoshlar hamda kattalar o'rtasida ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati “Polvonlari ko'p yurt-qudratli bo'lur” shiori ostida o'tgan ushbu turnirida mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo'shni Qirg'iziston, Qozog'iston va Tojikiston davlatlaridan 500 nafardan ortiq polvonlar g'oliblik uchun bahslarga kirishishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnir Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan hamda O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, O'zbekiston kurash federaciyasi va qator tashkilotlar hamkorligida o'tkazildi.

Turnir doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, Jizzax viloyati prokurori, viloyat kurash federaciyasi raisi Islomjon Ergashxodjaev, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, O'zbekiston kurash federaciyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov va boshqalar ishtirok etishdi. Taniqli sanatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar turnirga yanayam zavq-shavq bag'ishladi.

Musobaqada kurash sport turi bo'yicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg.da kuch sinashishgan bo'lishsa, belbog'li kurash bo'yicha erkaklar -55, -60, -66, -73,-81,-90, -100, +100 kg.da bellashishdi. Ayollar esa kurash bo'yicha -48, -52, -57 kg. vazn toifalarida gilamga chiqishdi. SHuningdek, har ikkala sport turi bo'yicha erkaklar o'rtasida mutloq vaznda ham kuchlilar aniqlandi.

Kurash va belbog'li kurash bo'yicha har bir vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 5.000.000 so'mdan, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 3.000. 000 so'mdan, ikkita uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 1.500.000 so'mdan, mutloq vaznda g'olib bo'lgan sportchilar 2 ta “NEXIA-3” rusumdagi yangi avtomobil, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 30.000.000 so'mdan hamda uchinchi o'rinni band etgan kurashchilar 10.000.000 so'mdan pul mukofotlariga ega bo'lishdi.

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlarga turnir tashkilotchilari tomonidan belgilangan pul mukofotlari, diplom va medallar topshirildi. Mutloq vazn toifalarida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Muhsin Hisomiddinov (kurash) va Nodir Axatjonovga (belbog'li kurash) “Nexia -3” rusumli avtomobillar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimida polvonlarga sovg'alarni Jizzax viloyati prokurori, viloyat kurash federaciyasi raisi Islomjon Ergashxodjaev, Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro'ziev, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov, O'zbekiston kurash federaciyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar topshirishdi. 

Takidlash joiz, ikki kun davom etgan bellashuvlar shiddatli, qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi. Ko'p sonli muxlislar esa polvonlarning chiqishlarini olqishlab turishdi. Turnirni kurash bo'yicha Ismat Bo'riev, belbog'li kurash bo'yicha Usmon Maxamatov boshchiligidagi hakamlar guruhi munosib boshqarib borishdi.

Demak, turnir g'olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

Kurash (erkaklar): 

60 kg vazn toifasi 

1. Do'stmurod G'afforov (Jizzax) 

2. Xurshid CHoriev (Toshkent sh.) 

3. SHaxzod Qodirov (Navoiy) 

3. Sardor Islomov (Jizzax) 


66 kg vazn toifasi 

1. Otabek Hasanov (Navoiy) 

2. Dilshod Yo'ldoshev (Toshkent sh.) 

3. Qobiljon Ahmedov (Toshkent v.)  

3. Ro'zimurod Mustafoev (Jizzax) 


73 kg vazn toifasi 

1. Asqar Xayrullaev (Samarqand) 

2. Farrux Adizov (Buxoro) 

3. Akbar O'rolov (Surxondaryo) 

3. Zuxriddin Najmiddinov (Toshkent sh.) 


81 kg vazn toifasi

1. Umar Bozorov (Toshkent sh.) 

2. O'rol Sodiqov (Toshkent sh. ) 

3. Rahmatillo Nuriddinboev (Jizzax) 

3. G'iyosjon Boboev (Toshkent sh.) 


90 kg vazn toifasi

1. Erkin Qozoqov (Toshkent sh.) 

2. Ro'ziboy Narzullaev (Samarqand) 

3. Sardor Toirov (Sirdaryo) 

3. Ruslan Bekmetov (Xorazm)


+90 kg vazn toifasi 

1. Muhsin Hisomiddinov (Surxondaryo) 

2. Muhammadkarim Xurramov (Samarqand) 

3. Boltaboy Boltaboev (Xorazm) 

3. SHerali Jo'raev (Surxondaryo)


Mutloq vazn toifasi: 

1. Muhsin Hisomiddinov(Surxondaryo) 

2. Muhammadkarim Xurramov (Samarqand) 

3. SHerali Jo'raev (Qashqadaryo) 

3. O'mar Bozorov (Toshkent sh.).

Kurash (ayollar): 

48 kg vazn toifasi 

1. SHahlo Hamidova (Qashqadaryo) 

2. Ulbo'sin Xanimova (Sirdaryo) 

3. Maftuna Xolmatova (Farg'ona) 

3. Zuhra Hayitboeva (Jizzax) 


57 kg vazn toifasi

1. Iroda  Mamashoeva (Surxondaryo) 

2. Ibodat Agajonova (Andijon) 

3. Komila Qahhorova (Surxondaryo) 

3. Fotima Musaeva (Jizzax) 


70 kg vazn toifasi

1. SHahnoza Bozorova (Navoiy) 

2. Ravzaxon Adashova (Toshkent sh.) 

3. Feruza Boboqulova (Qashqadaryo) 

3. Muxlisa Qodirberganova (Xorazm)

Belbog'li kurash (erkaklar): 

55 kg vazn toifasi 

1. Jamoliddin Nematullaev (Namangan) 

2. Muhammadyusuf Muhammadullaev (Andijon) 

3. Anvar Turg'unov (CHirchiq OZK) 

3. Nodir Abdumalikov (Farg'ona) 


60 kg vazn toifasi

1. Oyatilla Tillaboev (Andijon) 

2. Bekpo'lat Bakirov (Namangan) 

3. Roman Saparov (Qirg'iziston) 

3. Oybek Xamidov (Namangan) 


66 kg vazn toifasi 

1.Oybek Sultonov (Andijon) 

2. Murod Hamidov (Namangan) 

3. G'iyosjon Rahimboev (O'zDJTSU) 

3. Marlen Abdurasulov (Qirg'iziston) 


73 kg vazn toifasi 

1. Xolmirza Hasanboev (O'zDJTSU) 

2. Ilhom Mashrabov (Andijon) 

3. Sardor Jumaboev (CHirchiq OZK) 

3. Ilyos Ahmadov (Jizzax) 


81 kg vazn toifasi 

1. Husniddin Ro'ziev (Andijon) 

2. Husan Abduhakimov (Sirdaryo) 

3. Jamshid Nizamboev (CHirchiq OZK)  

3. Bekzod Abdurahmonov (Toshkent v.) 9


90 kg vazn toifasi

1. SHohjahon Ortiqov (ROZK) 

2. Iskandar Ismoilov (Namangan) 

3. Doniyor Ro'ziev (O'zDJTSU) 

3. Oybek Muhammadov (Farg'ona) 


100 kg vazn toifasi

1. Zaylobiddin Ortiqov (O'zDJTSU) 

2. Nodirbek Axatjonov (Jizzax) 

3. Rustam Umarov (Namangan) 

3. Obidali Mavlonov (Farg'ona) 


+100 kg vazn toifasi 

1. Muhammadjon Iskandarov  (Andijon) 

2. Azamjon Anvarjonov (Andijon) 

3. Hislat Pirmatov (Toshkent v.) 

3. Ilyosbek Obidjonov (Farg'ona)


Mutloq vazn toifasi 

1. Nodirbek Axatjonov (Jizzax) 

2. Azamjon Anvarjonov (Andijon) 

3. Muhammadjon Iskandarov (Andijon) 

3. Hislat Pirmatov (Toshkent v.).  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing