02 may 11:08
Yangiliklar
Tennis

Mutua Madrid Open. 21 yoshli Goff dunyoning ikkinchi raketkasini "sochib" tashladi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
WTA reytingida 4-o'rinni egallab turgan amerikalik Koko Goff dunyoning ikkinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontekka qarshi bahs olib bordi. Oltmish besh daqiqa davom etgan uchrashuvda Goff raqibasini sezmadi - 6/1, 6/1.
SHunga qaramay, tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Iga katta farq bilan oldinda bormoqda - 11:4. Lekin so'nggi uchta uchrashuvda Koko nomdor raqibasidan ustun kelgan. Amerikalik 21 yoshli iqtidor egasi 6 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Iga Svyontek 2019 yildan keyin ilk bor sharmandali hisob bilan yutqazdi. Olti yil oldin Igani Elena Ostapenko Birmingem turnirida 6/0, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar