01 may 15:34
Yangiliklar
Tennis

Mutua Madrid Open. Dunyoning birinchi raketkasi 1/2 finalda
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko Mutua Madrid Open bosh sovrini uchun asosiy davogar ekanini amalda isbotlamoqda. Belaruslik tennischi 1/4 finalda qiyin g'alabaga erishdi. U WTA reytingida 36-pog'onada borayotgan ukrainalik Marta Kostyukni tay-breklarda mag'lub etishni uddaladi - 7/6(4), 7/6(7).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Ikki soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qizig'i, qo'shxatolar ham, breyklar ham bir xilda bo'ldi - 5 va 3 tadan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar