30 apr 11:41
Yangiliklar
Tennis

Mutua Madrid Open. Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalda!
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko bosh sovrin sari yurishini davom ettirmoqda. Belaruslik tennis malikasi Mutua Madrid Open turniri 1/8 finalida WTA reytingida 44-o'rinni egallab turgan amerikalik Peyton Styornsdan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/2, 6/4.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Arina zafar quchdi. Roppa-rosa 80 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Arina Madrid turniridagi 24-uchrashuvida 20-g'alabasini qo'lga kiritdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Mariya SHarapova, Simona Xalep va Petra Kvitova (25 tadan uchrashuv)ni ortda qoldirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar