02 okt 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Muxlislarga o'rta barmog'ini ko'rsatgan UFC jangchisi katta miqdorda moddiy jarimaga tortildi
Amerikalik aralash yakka kurash ustasi, yarim o'rta vazn toifasida UFC jangchisi Brayan Battl 250 ming AQSH dollari jarima to'laydi.
U 29 sentyabr tongida Franciyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 243 turniri doirasida franciyalik Kevin Jyuusse ustidan nokaut orqali g'alaba qozonganidan so'ng, arenadagi muxlislarga qarata o'rta barmog'ini ko'rsatib, haqorat qilgan edi.
Voqeaga munosabat bildirgan UFC uni 250 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi.
SHuningdek, Battlga Franciya hududida o'tkaziladigan turnirlarda ishtirok etish butunlay taqiqlandi.
Malumot uchun, 30 yoshli Brayan faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar