11 iyu 13:47
Yangiliklar
Dzyudo
Muzaffarbek jahon chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Biroz avval Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining oltinchi kuni start oldi.
Ilk bor jahon chempionatida ishtirok etayotgan Muzaffarbek To'raboev -100 kg vazn toifasidagi yurishini g'alaba bilan boshladi. Surxon o'g'loni birinchi davrada daniyalik Matias Madsenni mag'lubiyatga uchratdi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi portugaliyalik Xorxe Fonseka bo'ladi.
-78 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Irisxon Qurbonboeva esa ilk davradayoq rossiyalik Antonina SHmelevaga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birozdan keyin Muhammadkarim Hurramov ikkinchi davrada belgiyalik Toma Nikiforovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar