13 fev 12:59
Yangiliklar
Myanmalik UFC chempioni ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishi malum
Myanmalikning raqibi divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan yaponiyalik Tatsuro Tayra bo'ladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar malum qildi.
Joshua Van o'tgan yilning dekabr oyida divizionning endilikda sobiq chempioni Aleksandra Pantojani mag'lubiyatga uchratgan edi. O'shanda jangning 26-soniyasidayoq Pantoja tirsagini chiqarib yuborishi natijasida bahs to'xtatilgan va texnik g'alaba Vanga berilgandi. Bungacha 24 yoshli Joshua ketma-ket beshta jangda g'alaba qozongan edi.
26 yoshli Tatsuro Tayra esa 2024 yilning oktyabr oyida Brendon Royvalga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazgandi. Keyin esa ketma-ket ikkita jangda Yun Sun Park hamda Brendon Morenoni muddatidan oldin taslim etgan edi. Tayra ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda.

Fikrlar