23 fev 09:10
Yangiliklar
Myanmalik UFC chempionining ilk himoya jangi tasdiqlandi + POSTER
U 11 aprel kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadigan UFC 327 turnirida eng engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi. Myanmalikning raqibi divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan yaponiyalik Tacuro Tayra bo'ladi. Bu haqda kecha Xyustonda bo'lib o'tgan turnirda xabar berildi.
Joshua Van o'tgan yilning dekabr oyida divizionning endilikda sobiq chempioni Aleksandra Pantojani mag'lubiyatga uchratgan edi. O'shanda jangning 26-soniyasidayoq Pantoja tirsagini chiqarib yuborishi natijasida bahs to'xtatilgan va texnik g'alaba Vanga berilgandi. Bungacha 24 yoshli Joshua ketma-ket beshta jangda g'alaba qozongandi.
Yaponiyalik 26 yoshli Tacuro Tayra esa 2024 yilning oktyabr oyida Brendon Royvalga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazgandi. Keyin esa ketma-ket ikkita jangda Yun Sun Park hamda Brendon Morenoni muddatidan oldin taslim etdi. Tayra ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda.
Qizig'i, Joshua Van va Tacuro Tayra o'rtasidagi to'qnashuv ikki osiyolikning chempionlik kamari uchun o'tkazgan ilk jangi sifatida UFC tarixiga kiradi.

Fikrlar