02 may 12:55
Yangiliklar
Futbol
MYU va "Liverpul” "Yuventus" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi
Angliyaning "Liverpul” va "Manchester Yunayted" klublari 23 yoshli portugaliyalik hujumchi Fransishku Konseysauning transferiga qiziqish bildirmoqda.
"Yuventus" qanot hujumchisi "Portu"dan Turin klubiga o'tganidan so'ng katta taassurot qoldirdi va hozirda Premer-liga jamoalari etiborini tortmoqda. "Liverpul” Konseysauni Muhammad Salohning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqmoqda, "Manchester Yunayted" esa uni hujumni kuchaytirish varianti sifatida ko'rmoqda.
Joriy mavsumda Konseysau "Yuventus" safida 38 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi hisobida 4 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

Havola :
Fikrlar