06 jan 14:37
Yangiliklar
Myuller faoliyatidagi ilk sovringa Gonkongda ega chiqdi
Franciyalik tennischi hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 106-pog'onada borayotgan yaponiyalik Kei Nishikorini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 2/6, 6/1, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir yuz to'rt daqiqa davom etgan finalda Myuller 4, Nishikori 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan breykka ega bo'lgan. 1 fevral kuni 28 yoshga to'ladigan Myuller faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi.
Bank of China Hong Kong Tennis Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Myullerga 250 reyting ochkosi va 103,455 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Nishikori esa bir haftalik mehnatidan 165 ochko hamda $60,350 ishlab oldi.
Fikrlar