10 fev 12:28
Yangiliklar
Nabieva Xalqaro birdamlik musobaqasida jamoamizning ilk medalini qo'lga kiritdi
Etiborlisi, musobaqaning birinchi kun bellashuvidayoq terma jamoamiz o'zining dastlabki medaliga sazovor bo'ldi.
Ayollar o'rtasida -55 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva musobaqada 3 ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Vakilamiz dast ko'tarishda 89 kg, siltab ko'tarishda esa 111 kilogramm natija qayd etdi. Har bir yo'nalishda Nabievadan 1 kilogrammdan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan nigeriyalik atlet oltin medallarga egalik qildi.
SHu tariqa vakilamiz Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolariga ham ega bo'lmoqda.
Og'ir atletika bo'yicha Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Ayollar, -55 kg
1. Adijat Olarinoye (Nigeriya) – 202 kg (90 kg + 112 kg)
2. Muattar Nabieva (O'zbekiston) – 200 kg (89 kg + 111)
3. Kristina SHermetova (Turkmaniston) – 195 kg (85 kg + 110 kg)
Fikrlar