16 noy 09:50
Yangiliklar
Nadal ATP Yakuniy turnirining guruh bosqichida qolib ketdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan ispaniyalik afsona guruhning ikki uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Parallel o'yinda Kasper Ruudning amerikalik Teylor Fritcni mag'lub etishi esa Nadalning nazariy jihatdan imkoniyatini ham yo'qqa chiqardi.
Rafa Nadalning yarim finalga chiqishi uchun Kasper bironta setda yutmay yutqazishi kerak edi. SHunda ham uchinchi tur o'yinlaridagi natijalar kutilardi. Ruud esa aksincha ikki g'alabadan so'ng muddatidan avval 1/2 final maslasini ijobiy hal qildi.
Eslatib o'tamiz, Nadal avvaliga Teylor Fritcga 6:7 (3:7), 1:6, keyin esa kanadalik Feliks Oje-Alyassimga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qizig'i, shuncha mukofotlar sohibi Rafada ATP Yakuniy turnirining bosh sovrini yo'q.
Fikrlar