13 apr 20:52
Yangiliklar

Namanganda “Adolat kubogi” g'oliblari aniqlandi
O'zbekiston “Adolat” SPD Namangan viloyat Kengashi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi hada To'raqo'rg'on bolalar-o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu bellashuvda polvonlar reglamentga ko'ra oltita vazn toifasida kuch sinashishdi.
Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, Jahongir Hayitov, Behzod Rahmatullaev, Ziyodulla Tursunboev (barchasi To'raqo'rg'on tumani), Abdulahad Nosirov (Uychi t.), Jamshid Ortiqaliev (Namangan sh.), SHohruh Rahimov (Pop t.)lar o'z vazn toifalarida g'olib bo'lishib, final bosqichiga yo'llanmani naqd qilishdi.
G'olib va sovrindor sportchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar