So’nggi yangiliklar

14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0

20 sen 09:04
Yangiliklar

Kurash

Namanganda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
16-18 sentyabr kunlari Namangan viloyatining Namangan tumanidagi sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2005-2006 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat chempionatida yigitlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 10 tadan vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra qo'ydagi sportchilar  o'z vazn toifalarida  chempionlik sharafiga muyassar bo'lishdi. 


Yigitlar (belbog'li yo'nalish)

48 kg. Firdavs Haqnazarov (Toshkent v.),  52 kg. Muhammadali Nuriddinov (O'zDJTSU), 57 kg. SHuhratbek Qirg'izboev  (Andijon),  62kg. SHohrux To'laganov (Toshkent v.) 68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon),  75kg. Ilyosbek Yo'ldoshev (Andijon), 82 kg. Asadbek Saidakbarov (Toshkent sh.), 90 kg. Otabek Qaxramonov (Andijon), 100 kg. Olloberdi Karimberdiev (Toshkent v.),  +100 kg. Umidjon Tovboev (Sirdaryo).

Qizlar (belbog'li kurashning erkin yo'nalishi)

44 kg. Sayyora Kenjaeva  (Namangan), 48 kg. Moxiraxon Qaxxarova (Andijon), 52 kg. Barno Kalmuatova (Qoraqalpog'iston), 58 kg. Rayhon SHerummatova (Toshkent sh.), 66 kg. Sevara Sajenova (Qoraqalpog'iston), 70 kg. Muxlisabonu O'ralboeva (Toshkent sh.), 76 kg. Durdnona Mamurjonova (Toshkent v.), +76 kg. Xurshida Oslonboeva (Farg'ona). 

Erkaklar (erkin yo'nalish)

48 kg. Ilyosbek Xamidboev  (Namangan), 52 kg. Najmiddin Umarov (Farg'ona), 57 kg.Akbar Sobirjonov (Andijon),  62kg. Abbosbek Ahmadjonov (Namangan), 68 kg. Abutolib Mahkamov (Navoiy), 75 kg. Diyorbek Abdunabiev (Toshkent v.), 82 kg. SHukrullo Mamatkarimov (Farg'ona), 90 kg. Mirjalol Nodirov (Farg'ona), 

100 kg. Mavlon Mamatqulov (Farg'ona), +100 kg. Nurbek Isaqov (Namangan). 

Bellashuvlar yakunlangach g'olib va sovrindorlar diplom va medallar  bilan taqdirlanishdi. Tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, bosh kotibi Abduxalil Malikov hamda terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulovlar ishtirok etishdi. Takidlash joiz, ushbu mamlakat chempionati milliy terma jamoaga munosiblarni saralash vazifasini o'tab berdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing