22 fev 11:49
Yangiliklar
Namanganda kartingchilar poygasi
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yilgi taqvimiy rejasi asosida tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan 100 ga yaqin sportchi qatnashdi.
9 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilarning “50 sm. kub” toifasida To'raqo'rg'onlik Behruz Jo'raev g'oliblikni qo'lga kiritdi. “125 sm. kub” toifasida esa Uychi tumanidan Yasmina Egamberdieva marraga birinchi bo'lib etib keldi.
Kattalar o'rtasida “125 sm. kub” toifasining “Kadet” yo'nalishida Namangan tumani vakili Sarvar Boylarov, “125 sm. kub” toifasining kattalar yo'nalishida to'raqo'rg'onlik Jalol Inomov g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.
“250 sm. kub” bo'yicha kechgan poygada Uychi jamoasi azosi Abror Haydarov, “Vostok” KF toifasida Uychi tumani vakili Adham Egamberdiev barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni To'raqo'rg'on tumani jamoasi egalladi.
Fikrlar