So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

25 iyu 06:02
Yangiliklar

Bolalar sporti

Namangandagi namunali sport maktablaridan birining faoliyatiga nazar FOTOGALEREYA

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vqazirligininng maxsus ishchi guruhi Namangan viloyatining chekka tumanlaridan biri Norinda bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Ishchi guruh kecha viloyatning chekka tumanlaridan biri Norin tumanida bo'ldi. Etiborlisi, bu tuman Namangan viloyatidagi «yashil» hududlarga kiruvchi kam sonli tumanlardan biri bo'lib, ayni paytda yosh sportchilarning mashg'ulot olib borishlari uchun ruxsat berilgan.

Tumanda 1478 nafar sportchi yoshlarni o'zida qamrab oladigan Bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyat ko'rsatmoqda. Maktabda 41 nafar trener 20 ta sport turi bo'yicha yoshlarga engilmaslik sirlarini o'rgatishmoqda. Trenerlarning 14 nafari oliy malumotli, yana 7 nafar trener oliy o'quv yurtining maxsus sirtqi bo'limida tahsil olmoqda.

BO'SMda boks, erkin kurash va gandbol sport turlari alohida rivojlangan bo'lib, ayni paytda 628 ta sportchi yoshlar mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Bu sport turlari bo'yicha bir nechta Jahon va Osiyo chempionlari hamda qator xalqaro musobaqalar g'oliblari etishib chiqqan.

Norin tumanida 164 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo'lib, ushbu hudud boks, gandbol va yunon-rum kurashi sport turlariga ixtisoslashtirilmoqda. Tuman aholisining qariyib 37 mingi sport bilan qamrab olingan. 19 mingga yaqin aholi muntazam sport bilan shug'ullanmoqda. Ularga 250 dan ortiq sport inshootlari xizmat ko'rsatyapti.

Quyida Norin tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyatidan foto lavhalar etiboringizga havola etiladi:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing