28 dek 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue - Alan Pikasso jangi statistikasi: zarbalar, aniqlik foizi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi "Muhammad Abdo Arena" stadionida 2025 yilgi professional boksning yakuniy turniri bo'lib o'tdi.
Xabaringiz bor, The Ring V: Night of the Samurai oqshomining asosiy jangida ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue meksikalik Alan Devid Pikassoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub (119-109, 118-110, 117-111) etgan edi.
CompuBox malumotlariga ko'ra, Naoya Inoue va Alan Devid Pikasso jangi statistikasi:
Inoue Pikassoga qaraganda 158 ta ko'proq zarba bergan (328 ga 170 nisbatida), zarbalar soni bo'yicha ustunlik qilgan - 161 ga 63, kuchli zarbalar - 167 ga 107, tana qismiga zarbalar - 96 ga 66. Inoue har bir raundda o'rtacha 27 ta zarba berdi, Pikassoda esa bu ko'rsatkich atigi 14 tani tashkil qildi.

Havola :
Manba : CompuBox
Fikrlar