16 mar 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue bo'lajak raqibi haqida gapirdi
Ikkinchi eng engil vaznning mutlaq chempioni Naoya Inoue amerikalik Ramon Kardenas bilan bo'lajak jangdan nimalar kutayotganini aytdi.
"Faoliyatimni kuzatib borayotgan Amerikadagi muxlislarimdan minnatdorman. Las-Vegasdagi T-Mobile Arena'da jang qilish men uchun yana bir ajoyib voqeadir. Barcha tomoshabinlar uchun ajoyib shou namoyish etishni intiqlik bilan kutyapman. Kardenas — kuchli raqib, uni ikkilanmasdan bu jangda qatnashayotgani uchun ham hurmat qilaman", dedi Inoue.
Jang 4 may kuni bo'lib o'tadi. Unda yaponiyalik charm qo'lqop ustasi g'alaba qozonsa, keyingi raqibi o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev bo'ladi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar