01 may 12:41
Yangiliklar
Naoya Inoue ertangi jang oldidan vatandoshidan og'irroq chiqdi
"Tokio Dom" arena mezbonlik qiladigan oqshomning asosiy jangida yaponiyalik 33 yoshli bokschi engil vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlarida amaldagi chempion Dzyunto Nakataniga qarshi ringga chiqadi. Biroz avval yaponiyalik bokschilar tarozi hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi.
Har ikki chempion ham belgilangan vazn meyorini bajardi. Inoue tarozida - 55,3 kg, Nakatani esa - 55,1 kg tosh bosdi. Jang ertaga, 2 may kuni bizning vaqt bilan taxminan soat 16:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Naoya va Dzyunto professional boksda bir xil rekordga ega bo'lgan mag'lubiyatsiz bokschilar hisoblanadi - 32-0! Biroq Inoue muddatidan oldin ko'proq g'alaba qozongan - 27 ta. Nakatani esa o'z navbatida 24 ta jangini nokaut bilan yakunlagan.

Fikrlar