27 dek 15:30
Yangiliklar
Naoya Inoue va Alan Pikassoning bugungi jangi uchun gonorarlari elon qilindi
Oqshomning asosiy jangi ikkinchi yarim engil vazn toifasida (55,2 kg gacha) amaldagi mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue hamda mag'lubiyatsiz seriya bilan kelayotgan meksikalik Alan Devid Pikasso o'rtasidagi chempionlik jangi bo'ladi.
Murodjon Ahmadalievga qarshi so'nggi jangida Inoue 10 million dollar gonorar olgandi. Pulli translyaciyalar (PPV) sotuvidan tushgan ulushni hisobga olgan holda, yaponiyalikning bugungi jangdan oladigan umumiy daromadi 18 million dollarga etishi kutilmoqda.
Pikassoning gonorari taxminan 2 million dollarga baholanmoqda, bu uning oldingi shartnomalariga asoslangan. O'tgan jangda meksikalik bokschi yaponiyalik Kyonosuke Kamedaga qarshi ringga chiqqan va g'alaba qozongandi. O'sha jangdan u 400 ming dollardan ko'proq gonorar ishlab olgan edi.

Fikrlar