27 dek 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inouening Pikassoga qarshi jangi to'liq davom etdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi yakunlandi.
Ushbu boks oqshomining markaziy to'qnashuvida ikkinchi eng engil vazn toifasining mutlaq chempioni Naoiya Inoue meksikalik davogar Alan Devid Pikassoga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Inoue 119-109, 118-110, 117-111 hisoblarida g'alabaga erishdi.
SHu tariqa, Inoue o'zidagi barcha kamarlarini va mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, Inoue bundan avvalgi jangini sentyabr oyida Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazib, o'z kamarlarini himoya qilgandi.






Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar