08 apr 08:57
Yangiliklar
Futbol

"Napoli" "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi + VIDEO
Italiya A Seriyasining 31-turida "Napoli" klubi "Bolonya" jamoasi mehmoni bo'ldi.
Neapolliklar 18-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Anguissa o'z nomini tabloga yozdirib qo'yib, "Napoli"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo'lim o'rtalarida mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Dan Ndoyening goli mehmonlarni muhim ochkolardan mahrum qildi.
SHunday qilib, "Napoli" A Seriya jadvali etakchisi "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.
Havola :
Fikrlar