08 apr 18:17
Yangiliklar
"Nasaf" - "Buxoro" uchrashuvi mezboni almashdi: O'yin Buxoroda o'tkaziladi
PFL reglamentining 14.8-bandiga asosan, mazkur bahs Buxoroda bo'lib o'tadi.
Mezbonlik nega almashdi?
Qarshining "Nasaf" klubi 13 aprel kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'yin uchun maydon masalasini reglamentda belgilangan muddatda (o'yin boshlanishiga 20 kun qolgunga qadar) hal qila olmagan. SHu sababli, 13 aprel kungi bahs "Nasaf"ning nominal mezbonligi ostida Buxoro futbol akademiyasi stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.
Ikkinchi davradagi o'yin-chi?
Musobaqaning ikkinchi davrasi doirasidagi javob o'yini esa "Buxoro" klubining nominal mezbonligi ostida Buxoro shahrida (yoki klub tomonidan taqdim etiladigan boshqa stadionda) bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq xuddi shunday holat Superliga 3-turidagi "Mashal" — "Qizilqum" hamda 4-turidagi "So'g'diyona" — "Paxtakor" uchrashuvlarida ham kuzatilgan edi. Liga klublardan bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun reglament talablariga qatiy rioya qilishni so'ramoqda.
Fikrlar