08 jan 08:26
Yangiliklar

Nasukava Makgregorning chorloviga munosabat bildirdi
Konor Tensinga MMA qoidalari asosida ko'rgazmali jang o'tkazish taklifini bergandi. Nasukava bu chaqiruvga o'z munosabatini bildirish barobarida jang aynan u qo'ygan talab va shartlar bajarilgan taqdirdagina o'tkazilishini malum qildi.
“Janob Makgregor! Sizga mening ism-sharifimni bilganingiz uchun rahmat aytaman. Taklifga kelsak, jang 58 kg vazn toifasida va kikboksing qoidalari asosida o'tkaziladi. Agar bu shartga rozi bo'lsangiz, Nasukava Makgregorga qarshi ringga chiqadi. Men bu yil RISE Gran-pri turnirlarida ishtirok etaman. Sizga ushbu turnir doirasidagi janglarni tomosha qilishni maslahat beraman. Keyin parhez qilishni ham unutmang!”, - dedi Nasukava.
Malumot uchun, Konor 70 kg vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Nasukava bilan jang qilishi uchun kamida 10 kg vazn tashlashi kerak bo'ladi.
Fikrlar
бди