23 noy 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/49097_220.jpg)
Nasukava Meyvezerga: Tezligim sening tajribangdan ustun!
Yaponiyalik yosh kikbokschi Tensin Nasukava beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga murojaat qildi.
Xabaringiz bor, amerikalik engilmas boks afsonasi katta gonorar evaziga RIZIN turniri doirasida yaponiyalik sportchiga qarshi jang o'tkazishga rozilik bergandi.
“Floyd, yaxshilab o'ylab ko'rdingmi? Agar javobing ijobiy bo'lsa, biz birgalikda yangi tarix yaratamiz. Lekin bilib qo'y, mening tezligim sening tajribangdan ustun!”, - dedi Tensin.
Eslatib o'tamiz, jang qoidalariga ko'ra raqibga oyoqda zarba berish mumkin emas. Albatta, bu yaponiyalik sportchiga tegishli gap. U o'zining so'nggi jangida raqibini juda ham tez nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar