So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

29 mar 17:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Navbahor Hamidova prof boksda ikkinchi jangini o'tkazadi, u Zuffa Boxing Ligasiga o'tishi mumkin!

Teglar :  Navbahor Hamidova
O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidovaning prof boksdagi ikkinchi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

U 11 aprel kuni Farg'onada Farangiz Olimjonovaga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu oqshomda yana bir taniqli charm qo'lqop ustamiz Mirazizbek Mirzaxalilov ham ishtirok etadi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu jang haqida bokschi va ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdi.

- Elshod Navbahor uchun asosiy maqsad baribir 2028 yilgi Los -Andjelas Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirok hisoblanadi. Professionaldagi faoliyat unga xalaqit bermaydimi?

- Yo'q. Aksincha oraliq vaqt bo'lganda bunday janglarni o'tkazib turish zarar qilmaydi.

- Professional va havaskor boks o'rtasida baribir farq bor. Hozirgi tayyorgarlik havaskor yo'nalishga qaratilganligini inobatga olsak, qiyinchilik yuzaga kelmaydimi?

- Reyting janglari uchun ushbu tayyorgarlik etarli deb o'ylayman. Lekin jiddiy janglar, chempionlik bahslari uchun alohida hozirlik ko'rish kerak bo'ladi.

- Navbahor Dana Uaytga qarashli bo'lgan Zuffa Boxing bilan shartnoma imzoladimi?

- Navbahor hamda Aziza Zokirovaga qiziqish bildirishgan. Bu borada ishlar olib borilyapti.

- Navbahor, professional boksda debyut jangingizni o'tkazib ulgurdingiz. Bu yo'nalishga moslashish qiyin kechmadimi?

- Endigina bitta jang o'tkazdim. Hozircha biror fikr bildira olmayman. Lekin murabbiylarimning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildim. SHuning uchun qiyinchilikka uchramadim. Hali jiddiy janglar oldinda.

- Jiddiy janglar deganda qanday toifadagi raqibalaringiz bilan to'qnashuvni nazarda tutyapsiz?

- Albatta, professional boksdagi chempionlarga qarshi to'qnashuvni aytyapman.

- Demak, bu yo'nalishda ham istalgani bilan jang qilishga tayyorsiz?

- SHubhasiz, men raqib tanlamayman!", deydi Hamidova.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing