So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

02 fev 11:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Navbahor Hamidova to'liq prof boksga o'tadimi? Bokschining o'zi javob berdi

Teglar :  Navbahor Hamidova
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bokschi Navbahor Hamidova bilan suhbat uyushtirdi.

Eslatib o'tamiz, Navbahor Hamidova World Boxing tashkiloti kubogi g'olibi, uch marta jahon chempionati sovrindori ko'p karra Osiyo va O'zbekiston chempionati oltin medali sohibasi sanaladi.

- Navbahor yana bir karra O'zbekiston chempioni bo'lganligingiz bilan tabriklaymiz!

-Rahmat. 

- Bu safargi chempionat borasida qanday fikrdasiz?

- Barchasi ajoyib. Har doimgidek. 

- CHempionlikka erishish yo'lida qanchalik qiyinilik yuzaga keldi. Raqibalaringiz borasida nima deysiz?

- Har bittasini hurmat qilaman. Lekin men yaxshi jismoniy holatga ega edim.

- Siz avval 75 kgda harakat qilardingiz. Keyinchalik 66 kgga tashladingiz. Vazn qilishda muammolar bo'lmaydimi?

- Yo'q. Murabbiyimiz Elshod Rasulovning maslahati bilan shu vaznga tushdik va natijalar ham asta-sekin kelishni boshladi. 

-Siz asli Samarqand viloyatida tavallud topgansiz, to'g'rimi?

- Ha, Jomboy tumanidanman. 

-Demak, Samarqandda qizlar boksi juda yaxshi rivojlangan ekanda, Nigina O'ktamova, Sitora Turdibekovalar ham samarqandlik?

- Bularni safiga Sevara Mamatovani qo'shsak bo'ladi. Yana yoshlarimizdan juda ko'p. 

- Siz professional boksda ham debyut qildingiz. Bu yo'nalishda ham davom etasizmi?

- Har ikkisini birgalikda olib boraman.

-Aytaylik, professional boksda jang qilish uchun sizga "vyzov"lar bo'lsa, qabul qilasizmi?

- Ha, murabbiylarim bilan maslahat qilib jangga chiqaman. Sizga ham savol, masalan, kim chaqirishi mumkin, deb o'ylaysiz? 

- Misol uchun, qozog'istonlik Firuza SHaripova...

- Menimcha, boksdagi faoliyatini yakunladi. Mendan yoshi anchagina katta. Aslida, istalgani bilan jang qilaveraman.

-O'sha jahon chempionati finalidagi jangda yaxshi ikki raundni o'tkazdingiz. Lekin uchinchi raundda tashlab yubordingiz. G'alabangizga ishonib ketganmidingiz?

-Yo'q. Barcha raundlarda bor kuchim bilan harakat qilaman. SHunchaki sog'liq bilan muammo bor edi. Nasib qilsa bu safar jahon chempioni bo'laman. 

-Bu borada sizga omad tilaymiz!

-Katta rahmat. Xalqimiz qo'llab-quvvatlab tursa Olimpiada oltin medalini ham olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing